Yaponiyada N High School nomli virtual o‘rta maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maktab o‘quvchilari Tokioda turib, virtual reallik ko‘zoynagi vositasida bu vaqtda Okinavada (Tokiodan 900 mil uzoqlikda) bo‘lgan direktorning chiqishini tomosha qildi. Ular maktabning barcha nuqtalarini 360 darajada ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘lishgan.
Shu yilning mart oyida N High School - IT va mediatexnologiyalarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan virtual maktab ishga tushirilgan bo‘lib, u to‘liq akkreditatsiyadan o‘tgan.