Yaponiyaning Xirosima shahrida 10 aprelda "Yettilik guruhi" (yoki "katta yettilik" – G7) davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ikki kunlik uchrashuvi boshlanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda Rossiya-Ukraina ixtilofi va Janubi-Xitoy dengizidagi hududiy bahslarni tartibga solish masalalari asosiy mavzular bo‘ladi. Shuningdek, terrorchilikka qarshi kurash, Yaqin Sharq qochqinlari, Shimoliy Koreyaning yadroviy ishlanmalari masalalari va iqtisodiy muammolar muhokama qilinadi.
G7 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi 26-27 mayga belgilangan "yettilik" sammitiga tayyorgarchilikning bir qismi bo‘ladi. Bu sammit ham Yaponiyaning Mie prefekturasida, Sima shahri yaqinidagi orolda o‘tkazilmoqchi.
Bundan tashqari, joriy uchrashuv AQSh uchun chaqiriq bo‘ladi – yaponlar G7 tashqi ishlar vazirlarining 1945 yildagi Xirosima va Nagasakidagi fojialarni xotiralash maqsadida "Tinchlik bog‘i"ga tashrif buyurishlarini talab qildi. O‘shanda AQSh tomonidan bu ikki yapon shahariga atom bombalari tashlangan.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bu fojiadan keyin Xirosimaga keladigan birinchi AQSh Davlat kotibi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "katta yettilik"ka Germaniya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya kiradi.