«PSJ»ning «Siti»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan futbolchilari soni 5 nafarga yetdi

Sport 11:25 / 10.04.2016 858

Fransiyaning «PSJ» klubi darvozaboni Kevin Trapp Fransiya 1 divizionining «Gengam»ga qarshi uchrashuvida (2:0) jarohat oldi.

25 yoshli germaniyalik darvozaboni uchrashuvning 13-daqiqasida tizzasidan jarohat olgan, ammo u birinchi bo‘limning oxiriga qadar maydonda jarohati bilan o‘ynay olgan. Ammo tanaffusdan keyin uning o‘rniga Salvatore Sirigu maydonga tushirilgan.

Jarohatning aynan qaysi turi va tiklanish uchun ketadigan muddat borasida keyinroq xabar beriladi. Shunga qaramay Trappning Chempionlar ligasining 1/4 final «Manchester Siti»ga qarshi 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etishi katta so‘roq ostida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «Siti»ga qarshi uchrashuvni jarohati sabab Verratti va Pastore, shuningdek sariq kartochkalarning ko‘payib ketgani sabab David Luiz va Blez Matyuidi o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: