Saudiya Arabistoni va Misr hukumati o‘zaro dengiz chegaralarining delimitatsiyasi (o‘zgartirilishi) bo‘yicha kelishuvni imzolashdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Kelishuvga ko‘ra, Misr tomonidan boshqarilgan, Qizil dengizdagi Tiran va Sanafir bahsli orollari Saudiya Arabistoni ixtiyoriga o‘tdi.
"Orollar Saudiya Arabistoni suv hududlariga rasman kiritildi", deyilmoqda Misr o‘tish hukumati bayoyenotida.
Misr vazirlar mahkamasining bayonotida aytilishicha, bu qadam ikkala tomonga ham iqtisodiy hududdan foyda olishga imkon beradi.
Ta'kidlanishicha, imzolangan hujjat albatta mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.
Bu orada bir qator ekspertlar bu kelishuvning qonuniyligiga shubha bildirishmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni va Misr Qizil dengiz orqali ko‘prik qurishlari ma'lum qilingandi.