Germaniya TIV rahbari mingan samolyot nosozlik tufayli Xitoydan Yaponiyaga ucha olmadi

Jahon 11:37 / 10.04.2016 801

Germaniya hukumatiga tegishli Airbus A340 rusumli "Konrad Anenauer" nomli samolyoti mamlakat tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerning safari vaqtida Xitoyning Chansha shahrida Yaponiyaning Hirosima shahriga uchib keta olmadi.

DPA agentligining samolyot uchuvchisiga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, laynerda yoqilg‘i nasosida nosozlik ro‘y bergan. Chansha shahrida esa bu muammoni bartaraf etish uchun kerak bo‘lgan ehtiyot qism topilmagan.

Shundan so‘ng, vazir boshchiligidagi delegatsiya mehmonxonaga qaytishga majbur bo‘lgan va Shtaynmayyer Hirosimadagi "katta yettilik" vakillari o‘rtasidagi uchrashuvga ulgurmagan.

"Yettilik" mamlakatlari tashqi siyosiy muassasalari rahbarlari, Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerdan tashqari, 10 aprel, yakshanba kuni Xirosimada uchrashdi.

Tomonlar terrorizmga qarshi kurash, kemalar qatnovi xavfsizligi va yadroviy qurolsizlanish masalalarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, "yettilik" tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyatga e'tibor qaratadi.

Qayd etish kerakki, hukumat samolyoti bilan bundan avval ham shunga o‘xshash hodisa kuzatilgandi. 2015 yilning 9 noyabrida Airbus A340 rusumli "Konrad Anenauer" nomli samolyoti Berlindan Italiyaga bort kompyuteridagi nozozlik tufayli ucha olmagandi. O‘shanda ham samolyotda Shtaynmayyer bo‘lgan.

Undan oldinroq, 2015 yilning 5 oktabrida esa GFR kansleri Angela Merkel va mulozimlari shu samolyotdagi nosozlik tufayli Nyu-Dehliga Germaniya Harbiy havo kuchlariga tegishli "Kurt Shumaxer" nomli Airbus A310 rusumidagi harbiy-transport samolyotida uchishiga to‘g‘ri kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: