«Real» himoyachisi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 32-turida «Real Sosedad»ga qarshi o‘yindan keyin ketma-ket ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchragan «Barselona» manziliga qarata kinoyali fikrlarini bildirib o‘tdi.
Arbeola so‘nggi vaqtlarda «Barselona» raqiblarining bir kishi kam bo‘lib qolayotganiga sha'ma qilmoqda.
«Senga qarshi 11 kishi o‘ynaganda g‘olib chiqish naqadar qiyin!
Aser Ilyarramendi va Esteban Granero ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi va va'dalarining ustidan chiqishdi. Tabriklayman!», - deb yozadi Arbeloa o‘z tvitterida.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda «Barselona» «Atletiko»ni 3 ochko, «Real»ni 4 ochko ortda qoldirgan holda jadvalni boshqarib turibdi.