«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 32-turida «Milan» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Futbolchilarim maqtovga loyiq o‘yin ko‘rsatishdi, biz oldinga bir qadam qo‘ydik. Kerakli vaqtda to‘pni nazorat qila oldik va tavakkal qilmadik. Ikkinchi bo‘limda jamoam juda yaxshi harakat qildi.
Alohida vaziyatlarda biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. O‘yin oson bo‘lmadi, «San-Siro»dagi o‘yinlar doimo qiyin kechgan.
Jamoani qayta qurish juda qiyin ish, ammo o‘ylaymanki, «Milan» tez orada yana kuchli uchlik uchun kurasha boshlaydi.
Men «Milan»da ajoyib mavsumlar (3,5 yil) o‘tkazganman, Galliani bilan har doim yaxshi munosabatda bo‘lganman», deydi Allegri.
O‘zaro uchrashuvdagi navbatdagi g‘alabadan keyin, «Yuventus» Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 22 o‘yinga yetkazdi.
Ayni vaqtda turinliklar 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda va eng yaqin ta'qibchilari bo‘lmish «Napoli»ni (neapolliklar zaxirasida 1 o‘yin bor) 9 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda.
«Milan» esa 49 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi o‘rnida bormoqda.