10 aprel kuni soat 15:29da O‘zbekistonda navbatdagi zilzila sezildi. Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu zilzilaning markazi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi Hindukush tog‘lari bo‘lib, u yerda 6,8 ball qayd etilgan.
"Toshkent" seysmologiya markazining xabar berishicha, Toshkent, Samarqand va Farg‘onada zilzila kuchi 3 ballni, Navoiyda 2 ballni tashkil qilgan.
"Toshkent" seysmologiya markazi zilzila kuchi uning episentrida 7 ballni tashkil etganini ma'lum qilgan.