Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan, jamoa yarim himoyachisi Xames Rodrigesning safdoshini almashtirishdagi o‘zini tutishiga oid tanqidiy fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. Ushbu vaziyat "Real"ning Chempionlar ligasi chorak finalida "Volfsburg"ga qarshi o‘yini chog‘ida yuz bergan. Bu haqda, Goal.com yozmoqda.
"Xames bunday hollarda o‘zini tutishni o‘rganishi kerak. Mazkur holat hech kimga yoqmadi, endi u buni esidan chiqarishi lozim. Uning har bir hatti-harakati kuzatilayotganini unutmasligi lozim. Ammo bu voqea, aytishim mumkinki, unga bo‘lgan munosabatimga ta'sir qilmaydi", — degan Zinedin Zidan.
Kolumbiyalik o‘yinchi, "Real" 0-2 hisobida mag‘lub bo‘layotgan o‘yinning 85 daqiqasida maydonga tushgan. Uning chigalyozdi mashqlarida kulib, hazillashgani "Real" muxlislarining turli qarashlariga sabab bo‘ldi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 12 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.