Yirik buyurtmachilar bilan maqsadli va uzoq muddatli hamkorlik ikkala tomon uchun daromad keltiradi. Amerikalik olimlar shunday xulosa qilishmoqda. Tadqiqot natijalari bilan Production and Operations Management saytida tanishib chiqish mumkin.
Xaas biznes maktabining Panos Patatoukas rahbarligidagi olimlar guruhining xulosasiga ko‘ra, ushbu holat firmalar faoliyatiga samarali ta'sir ko‘rsatib, ma'lumotlarni tezkor almashish, ishlab chiqarish hamda talabni o‘rganishda yordam beradi.
Olimlar, AQSh ishlab chiqaruvchilarining oxirgi 30 yillik davridagi 15 mingdan ortiq turli hisobotlarini o‘rganib chiqishgan. Unga ko‘ra, mijozlari kamroq bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar boshqalarga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishgan.
Patatoukasning aytishicha, mazkur tadqiqot natijalari, firmalar faoliyatini samarali tashkillashtirish va ularni rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqishda yordam beradi.