So‘rovnoma: rossiyaliklar Belarus va Xitoyni eng do‘stona mamlakatlar deb atashdi

Jahon 14:36 / 09.04.2016 1689

Rossiyaning "Ijtimoiy fikr" Fondi so‘rovnomasiga ko‘ra, rossiyaliklar Belarus, Xitoy va Qozog‘istonni eng yaqin va do‘stona mamlakatlar, deb hisoblaydilar. Bu haqida «Interfaks» xabar beradi.

Shuningdek, do‘stona mamlakatlar ro‘yxatida Hindiston, Kuba, Braziliiya, Venesuela, Yaponiya, Germaniya, Eron, Isroil, Fransiya va Italiya ham bor.

So‘rovnomada faqatgina 1 foiz ishtirokchilar Turkiya, AQSh va Ukrainani do‘st deb bilishlarini aytgan. O‘z o‘rnida so‘rov qilinganlarning 71 foizi eng do‘stona bo‘lmagan davlat sifatida Ukrainani, 69 foizi AQShni, 63 foizi Turkiyani ko‘rsatgan.

Rossiya uchun eng qadrli hamkorlar mahalliy xalqning fikricha, Xitoy (32 foiz), Belarus (16 foiz) va AQSh (8 foiz).

Ko‘proq yangiliklar: