Rossiyalik xonanda Sergey Lazarevning Sankt-Peterburgdagi konserti xonanda salomatligi yomonligi sabab 9 iyunga qoldirildi. Bu haqda Lifenews xabar bermoqda.
San'atkorning o‘zi bu haqda shunday deydi: “Yevrovideniya”ga tayyorgarlik sabab charchoq zo‘rayib ketdi va shu sabab sahnada o‘zimni yomon his qildim. Bularning bari birdan yuz berdi. Hozir hammasi joyida”.
Avvalroq, qo‘shiqchining konsert payti hushidan ketib qolgani haqda xabar berilgan edi.