Saudiya Arabistoni qiroli 11-15 aprel kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi

Jahon 16:47 / 09.04.2016 1014

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud 11-15 aprel kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

“Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud 11-15 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Anqaraga keladi. Shundan so‘ng qirol Istambulga boradi. U yerda 14-15 aprel kunlari Islom hamkorlik tashkilotining 13-Sammiti bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi Erdo‘g‘on matbuot xizmati rasmiy saytida joylashtirilgan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: