Qashqadaryo daryosiga sayohat uchun mo‘ljallangan katerlar tushirildi

O‘zbekiston 16:48 / 09.04.2016 5199

9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo daryosining Qarshi shahridan o‘tgan qismida ikkita zamonaviy kater tushirilgani suratlari paydo bo‘ldi.

Qashqadaryolik o‘quvchilarimiz bergan ma'lumotga ko‘ra, bugunga kelib daryoning shahar hududidan o‘tgan qismi obod etilib, sohil barpo qilingan. Ikki tomondan damba bilan yopilgan va katerlarda sayohat qilishga mo‘ljallangan dam olish maskaniga aylangan.

Suratlardan katerlarning suvga tushirilish jarayoni va ularning suvda turganiga guvoh bo‘lish mumkin. Xabar berilishicha, bu katerlar shahar aholisi va mehmonlarining hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: