Noma'lum kimsalar, Raja Nainggolan va uning oilasi yo‘qligidan foydalanib, "Roma" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisining Rim atrofidagi o‘yiga o‘g‘irlikka tushishgan. Football Italia nashrining Il Messaggeroga tayanib xabar qilishicha, futbolchining uyidan bir necha yuz ming yevrolik mulki olib ketilgan. Voqea kecha tunda sodir etilgan.
Ma'lumki, Nainggolan 2014 yili "Roma"ga "Kalyari"dan o‘tgan edi. Ushbu mavsumda, belgiyalik yarim himoyachi 36 o‘yinda rimliklar safida maydonga tushib 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Mart oyida esa, "Milan" hujumchisining Kolumbiya termasi ixtiyoriga ketganidan foydalanishgan noma'lum kimsalar, Karlos Bakkining uyiga o‘g‘rilikka tushib, uning avtomobilini tunab ketishgan edi.