1989 yilda Denov tumanida tug‘ilgan Sherali Qosimovga nisbatan sudning qaroriga asosan ma'muriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur qarorga unga bir necha cheklovlar, shu jumladan, kechqurun soat 22:00 dan ertalab 6:00 ga qadar yashash joyidan chiqib ketish taqiqlangan edi. Ammo u cheklovlarni mensimadi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Tumandagi Yangiariq mahallasidagi xonadonlardan birining yonida paydo bo‘lib, atrofga olazarak boqqan kimsa sezdirmay hovliga kirdi. Hovlida turgan 115 ming so‘mlik gaz balloni o‘g‘irladi. Ko‘p o‘tmay uni notanish odamga 80 ming so‘mga sotib yubordi.
Oradan bir hafta o‘tib, mahallasidagi bir xonadonga o‘g‘irlikka tushdi. U yerdan 420 ming so‘mlik 300 kg. li makka donini o‘g‘irlab ketdi.
Ikki kundan so‘ng hamma uxlagan mahalda yana bir mahalladoshining hovlisiga kirgan Sherali bu yerdan ham quruq qaytmadi. Uch qopdagi 210 ming so‘mlik 150 kg. makka doni ko‘p o‘tmay Sherali tomonidan o‘g‘irlanib olib ketildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi bir marta “og‘zi kuysa-da”, bunga parvo qilmay, yana o‘g‘irlikka qo‘l urgan Sh.Qosimovga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.