Internet tarmog‘ida «Buyuk xitoy devori» asoschisi uni VPN yordamida aylanib o‘tdi

Jahon 13:54 / 09.04.2016 1981

Internetdagi nojoiz saytlarni Xitoy hududida cheklab qo‘yish tizimini ishlab chiqqan Fan Binsin interaktiv namoyishi chog‘ida, janubiy Koreyaning XXRda taqiqlangan saytiga kira olmay qoldi. Shundan so‘ng, u omma ko‘z o‘ngida o‘zi yaratgan tizimni aylanib o‘tish maqsadida VPN xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lgan.

Binsin chiqishini yakunlagach, savollarni kutmasdanoq minbarni tezda tark etgan.

Ko‘proq yangiliklar: