Finlyandiyada "Olkiluoto" AESida radioaktiv moddalar tashqariga chiqib ketdi

Jahon 11:43 / 09.04.2016 1104

Finlyandiyada "Olkiluoto" AESida kam miqdorda radioaktiv moddalar tashqariga chiqib ketdi. Oqibatda ikkita reaktordan biri bir haftaga to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Yle telekompaniyasi.

Mamlakatning Yadroviy va radiatsion xavfsizlik markazi vakillarining aytishicha, atrof-muhit va odamlar salomatligiga hech qanday xavf mavjud emas.

AESning elektr ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Mikko Kosonen vaziyatni noxush, biroq jiddiy emas, deya baholadi.

"Bunday vaziyatlar stansiya faoliyati davomida 40 ga yaqin marta yuz bergan", deb aytdi Kosonen.

Ta'kidlanishicha, avariyaviy reaktor 11 aprelgacha to‘xtatildi. Uni ta'mirlash ishlari bir haftacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: