BuzzFeed jonli efirda tarvuzni rezinalar bilan portlatib yubordi

Jamiyat 14:46 / 09.04.2016 1911

Facebook ijtimoiy tarmog‘i 6 apreldan boshlab, videoefirlarni jonli uzatish xizmatini ishga tushirdi. BuzzFeed nashri esa, 8 aprel kuni ushbu imkoniyatdan foydalanishga qaror qildi. Ular jonli efirda o‘ziga xos tajriba o‘tkazishdi: tarvuzning yorilishi uchun necha dona kantselyariya rezinasi kerak bo‘ladi?

BuzzFeedning ikki xodimi kombinezonlarni kiyib, tarvuzni rezinalar bilan siqa boshlashgan. Bularning bari nashrning Feysbukdagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilgan.

Ijtimoiy tarmoq yangiliklar tasmasining videolavhalarga ustunlik beruvchi algoritmi hamda tajribaning originalligi tufayli yuz minglab kishilar uni tomosha qilgan. Ma'lum vaqtga kelib, tomoshabinlar soni salkam 800 ming kishiga yetgan.

Taqqoslash uchun, «Taxt o‘yini» serialining 5-mavsumi so‘nggi lavhasini 8,1 million kishi ko‘rgan. CNBC telekanali, ayni shunga o‘xshash efirlar kelajak televideniyesi tarkibiy qismi bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Umuman, 45 daqiqalardan so‘ng, tarvuz portlagan. Buning uchun 680 dan ortiq rezina talab etilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: