Boeing delegatsiyasi Eronga tashrif buyuradi

Jahon 14:13 / 09.04.2016 837

Eron hukumati tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Boeing Co. aviasozlik korporatsiyasi vakillari yaqin orada Tehronga keladi. Ular, katta ehtimol bilan hamkorlik masalalarini muhokama etishlari mumkin, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Qayd etilishicha, uchrashuvda eng yirik mahalliy aviatashuvchi Iran Air va boshqa aviakompaniyalar qatnashadi.

Bundan avval, Eron fuqaro aviatsiyasi rahbari Ali Obidzoda, uning mamlakati Boeing samolyotlarini xarid qilishini bildirgan edi. Ammo, amerikaliklarning ushbu tashrifi chog‘ida bironta shartnoma imzolanishi rad etilmoqda.

Bungacha, Iran Air Airbus kompaniyasi bilan 25 mlrd dollarga 118 dona samolyotni sotib olish bo‘yicha bitimga erishgan edi.

G‘arb davlatlarining ushbu mamlakatga nisbatan sanksiyalarini bekor qilishi natijasida, Eronda xorijiy havo kemalarini xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: