Avstriya hukumati xavfsizlik maqsadida Gitlerning uyini egasidan tortib olishga qaror qildi

Jahon 15:00 / 09.04.2016 1252

Avstriya ichki ishlar vazirligi Adolf Gitler tug‘ilgan uyni yana egasidan tortib olmoqchi. Bu haqida Oberösterreichische Nachrichten gazetasi ma'lum qildi.

"Vazirlik qonun doirasida binoning ekspropriatsiyasi imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda", — dedi vazirlikning rasmiy vakili Karl-Xans Grundbok. Uning so‘zlariga ko‘ra, uyni tortib olish — undan ekstremistlar foydalanmasligi uchun yagona to‘g‘ri yo‘l. Hukumat vakili uy egasi davlat tomonidan kompensatsiya olishini ta'kidlab o‘tdi.

Braunau-am-Inn shahridagi uch qavatli binoning egasi Gerlinda Pommer hisoblanadi.

1972 yildagi kelishuvga muvofiq, 1889 yilda Gitler dunyoga kelgan va uch yil yashagan uy faqat ijtimoiy ta'lim va davlat muassasasi faoliyati uchun foydalanishga beriladi. Ko‘p yillar mobaynida bu yer nogironlar uchun ish joyi bo‘lib xizmat qildi, ammo oxirgi uch yil u bo‘m-bo‘sh turdi. Har oy 4,8 ming yevro to‘lashga tayyor ijarachini topishning esa iloji bo‘lmadi.

Ko‘proq yangiliklar: