Amerikalik selfi olgani uchun 20 yil qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi.

Jahon 15:22 / 09.04.2016 1182

Amerikalik selfi olgani uchun 20 yil qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi. Bundan tashqari, u yetkazilgan iqtisodiy zarar uchun 60 million dollar jarima ham to‘lashi kerak.

Gap shundaki, 2014 yili Ueyn Allen Xantsman o‘zini o‘rmon yong‘ini oldida videoga olgan. Bir oylar davom etgan yong‘in esa, Kaliforniyadagi eng dahshatli o‘rmon yong‘ini sifatida qayd etildi. Lavhaning qiziqarli chiqishi uchun, u o‘rmonga o‘t qo‘ygan.

O‘zining aybsizligini ta'kidlab kelgan Ueyn Allen Xantsman, o‘z fikrini o‘zgartirib, ayblov xulosasining 3 bandi — o‘rmonga qasddan o‘t qo‘yish, mol-mulkni yo‘q yilish va o‘t o‘chiruvchilarga ziyon yetkazish bo‘yicha aybiga iqror bo‘ldi.

2014 yil 13 sentabrida boshlangan o‘rmon yong‘inini bartaraf etish uchun 27 kun talab etilgandi.

Aytish mumkinki, jinoyatchi o‘zining ehtiyotsizligi sababli qo‘lga tushgan. Xantsman yong‘in boshlangan joydan ko‘chaga chiqqanda, uni bir kishi mashinasida olib ketgan. Jinoyatchi esa, unga selfisini ko‘rsatib maqtangan. Haydovchi o‘z navbatida buni mobil telefoniga yozib olgan va tergovchilarga topshirgan. Xantsman yong‘in boshlanganidan so‘ng, bir necha kun o‘tgach, hibsga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: