«Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti jangarilari Yaman armiyasining 15 askarini qo‘lga olib, qatl etishgani haqida Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, harbiylar Yaman sharqidagi Adan portidan jangarilar nazoratidagi provinsiyalardan biriga ketayotganda ushlangan. Ular, kimsasiz hududga olib ketilgan va o‘sha yerda otib tashlangan.
Aytish joizki, harbiylar Adanda oila a'zolarini ko‘rib qaytishayotgan vaqtda xizmat libosi va mashinasida bo‘lmaganlar.
Bundan avval, axborot agentligi Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya «Al-Qoida»ning Yamandagi lagerlariga zarba berganini xabar bergandi.