Turkiyada baqlajon unidan tayyorlangan, neft dog‘laridan tozalovchi vosita ixtiro qilindi

Jamiyat 19:20 / 08.04.2016 1203

Turkiyadagi Bursa viloyati harbiy-havo litseyi o‘quvchilari dengizni neft dog‘laridan tozalashning yangi usulini yaratishdi. Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, o‘quvchilar baqlajon uni bu vazifani bozorda mavjud vositalardan ko‘ra samaraliroq bajarishini aniqlashdi.

O‘quvchilar bu tadqiqotlarini uchta universitet bilan hamkorlikda olib borishdi. Idish-tovoqlarni yuvish uchun mo‘ljallangan gubkani eslatuvchi, maxsus o‘ramdagi quritilgan va maydalangan baqlajonlar neft dog‘lari bor suvga tashlanadi. Sinovlar natijalariga ko‘ra, bunday vosita o‘z vaznidan 18 marta ko‘proq neft va neft mahsulotlarini so‘rib olishi aniqlandi.

Nou-xau mualliflaridan biri Ahmet Demirdashning aytishicha, "bozorda mavjud vositalarning yutish darajasi makmimum 16 martagachani tashkil qiladi".

"Bundan tashqari, ular bizning ixtirodan 5 barobar qimmat. Hozirda ishlatiluvchi vositalar yoki maxsus absorbtsion to‘siqlar, yoki granulalardagi kimyoviy reagentlardir. Ularning kamchiligi shundaki, ularni qayta ishlatib bo‘lmaydi. Yana sorbentli maxsus gubkalar ham bor", deb aytdi Demirdash.

Demirdash baqlajon uni evaziga bozordan raqobatchilarni siqib chiqarishga muvaffaq bo‘linishiga umid bildirdi.

"Hozircha bizning asosiy raqobatchimiz sorbentli gubkalar hisoblanadi. Ularni suvni yuzasiga tashlab, keyin yig‘ilgan neft siqib olinadi. Biroq bizning ixtiromiz bir necha marta arzon, ko‘proq ifloslanishlarni yutadi va qayta ishlatilishi mumkin", deb aytdi Demirdash.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, an'anaviy sorbentning bir tonnasi narxi deyarli 11 ming dollarni, "baqlajon gubkalari"ning bir tonnasi narxi esa 2,5 ming dollarni tashkil qiladi. Laboratoriya tajribalari baqlajon unining suvdagi turli ifloslanishlarni bartaraf etishda istiqboli yuqoriligini ko‘rsatdi. Ixtiro mualliflari o‘z ixtirolari uchun milliy patent olishning birinchi bosqichidan o‘tishdi.

Ko‘proq yangiliklar: