Texasdagi aviabazadagi otishma tafsilotlari ma'lum qilindi

Jahon 21:40 / 08.04.2016 924

Texas shtatidagi AQSh Harbiy havo kuchlari tasarrufidagi Lackland aviabazasida ro‘y bergan va 2 kishi halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan otishma tafsilotlari ma'lum qilindi.

Air Force Times nashrining Pentagondagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, HHK harbiysi avval boshliqni, keyin o‘zini otgan. Ularning nomlariga aniqlik kiritilmagan.

Texasning Beksar okrugi sherifi otishma natijasida 2 kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, gap terakt yoki shunga o‘xshash hujum emas, qotillik haqida ketmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: