Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suaresning sobiq agenti Daniel Fonseka futbolchining 2006 yilda Urugvayning «Nasonal» klubidan Gollandiyaning«Groningen» jamoasiga o‘tgani uchun umumiy transfer narxining 20 foizi - 200 ming yevro to‘lab berishi kerakligi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
«Suares o‘zini xuddi yosh bolalardek tutadi. Shu sababdan u o‘z vaqtida psixologga borib yurardi. Ammo bu unga yordam bermagan. U yangi psixolog topishi kerak yoki ruhiy kasallar shifokoriga uchrashi kerak.
Men uni haqiqatni aytishini va unga 200 ming dollar to‘lashim kerakligi haqidagi safsatalar yolg‘onligini bildirishini istardim.
Unda erkaklik xususiyatlari yetarli, Luis men unga aytishim kerak bo‘lgan bo‘lgan yoqimsiz gapni gapirgandi», – ta'kdladi Fonseka.