Stol tennisi – zavqli sport turi. Bu sport ustalari uchun bu shunchalik maroqliki, o‘yin paytida ularning naqadar kulgili tus olishini payqashmaydi ham. Lekin fotograflar bu ishni qoyillatishadi.
Ping-pong o‘ynayotganda o‘z vaqtida boshni burib qolishni ham bilish kerak, aks holda koptok to‘ppa-to‘g‘ri uchinchi ko‘zga uchib keladi.
Soniyadan so‘ng, aynan o‘sha uchinchi ko‘z jarohat olishi mumkin.
Koptok uzatish chog‘ida kung-fu ekaningni unutmaslik kerak.
“To‘qnashuv”dan qochib qutulib bo‘lmasa ham, stol va raketka ritsarlari o‘z ishlarini biladi.
Bunday nigoh bilan buyumlarni havoda muallaq ushlab turish ham hech gap emas.
Inson his-tuyg‘ulari jamlanmasi!
Bu yerda esa har tuyg‘udan bir shingil: jamlangan diqqat, alam, jahl.