Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon muloqoti chog‘ida Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘ mojarosi bo‘yicha vositachilik qilishi masalasi haqida gaplashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
“So‘nggi kunlarda Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari bilan o‘tkazilgan telefon muloqotlarini hisobga olib Tog‘li Qorabog‘ doirasidagi voqealar rivoji to‘g‘risidagi fikrlar almashinuvi davom ettirilmoqda”, -deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.