Klaudio Raneri «Lester»ning mavsum yakunidagi maqsadini aytdi

Sport 22:18 / 08.04.2016 886

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z shogirdlarining PFA talqini bo‘yicha Angliyaning eng yaxshi futbolchilari bo‘lish uchun nomzodligiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men jamoamiz juda yaxshi o‘ynayotganidan xursandman. Menga qolsa yil jamoasini o‘z futbolchilarim bilan to‘ldirardim. Ular o‘z muxlislariga orzuni tuhfa etishdi.

Endilikda shahardagi ko‘plab bolalar ularga havas qilib mashg‘ulotlarga kelishmoqda. Bu ajoyib.

Bizning maqsadimizni so‘raysizmi? Qaydam. Menimcha, biz o‘zimiz uchun yevrokuboklar yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydik. Endigi maqsad chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish, desam bo‘lar. Barcha keyingi 6 turda nimalar bo‘lishini bilishni istamoqda. Xuddi men kabi.

Lekin kutishga majburmiz. O‘yindan o‘yinga buni bilib boramiz. Men hozir keyigi o‘yinimiz haqida o‘ylamoqdaman. Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ladi («Sanderlend»ga qarshi - tahririyat)», – deydi Raneri.

Ayni vaqtda «Lester» 69 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda «Tottenhem» (62 ochko) va «Arsenal» (58 ochko) joylashgan.

«Lester»ning keyingi turdagi raqibi ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Sanderlend» (18 o‘rin) jamoasiga qarshi 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Keyingi turlarda «Lester» uchrashuvi «Vest Hem», «Suonsi», «Manchester Yunayted», «Everton» va «Chelsi» jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

«Lester»ning jasorati: Raneri xotirasida mavsumning birinchi kunlaridan bugungacha

Jyermeyn Defo: «Men sobiq jamoam «Tottenhem»ga chempion bo‘lishida yordam berish uchun «Lester»ni yengishni istayman»

Ko‘proq yangiliklar: