Zlatan Ibrahimovichni muqaddam doping qabul qilishda ayblagani aytilgan shvetsiyalik shifokor Ulf Karlsson bu xabarga munosabat bildirdi.
«Munozara vaqtida men Zlatan haqidagi fikrlarimni aniq ifodalab bera olmagan ko‘rinaman. Hozir men tushunmoqdamanki, mening so‘zlarim noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lishi mumkinligini. Afsus, men bunday bo‘lishini istamagandim.
Zlatandan va bu gaplarimdan aziyat chekkan boshqa barchadan uzr so‘ramoqchiman. Umid qilamanki, bu anglashilmovchilik Zlatan bilan munosabatlarimizga yomon ta'sir ko‘rsatmaydi. Men uni Shvetsiya tarixidagi eng kuchli futbolchi deb bilaman», — deya yozadi Karlsson Shvetsiya futbol federatsiyasiga yozgan maktubida.
Shvetsiyalik shifokor Ibrahimovichni doping qabul qilishda aybladi
Ibrahimovichning agenti: «Biz Karlssonni sudga beramiz, u katta xatoga yo‘l qo‘ydi»