Gruziyada sayohatchilar oqimini oshirish maqsadida “Check in Georgia” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat 22:35 / 08.04.2016 945

7 aprel kuni Tbilisi shahrida Gruziya bo‘ylab dunyo yulduzlari konsertlari va 35ta festivallarni o‘z ichiga olgan “Check in Georgia” katta loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

Mashhur Italiya qo‘shiqchisi Eros Ramazottining konserti 24 aprel kuni va britaniyalik ko‘shiqchi Robbi Uilyamsning konserti 27 may kuni Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Maroon 5 guruhining konserti esa 7 iyun kuni Batumi shahrida, ispaniyalik opera ijrochisi Hose Karrerasning konserti esa 18 iyun kuni Kutaisi shahrida o‘tkaziladi.

Check in Georgia loyihasi doirasida gruziyalik va xorijlik ijrochilar tomonidan Gruziyaning 19ta shaharlarida konsertlar tashkil qilinadi.
Loyiha uchun maxsus ravishda Batumi shahrida konsert maydoni quriladi. U yerda zamonaviy apparatura, yoritish tizimlari, xavfsizlik xizmati va boshqa konsertni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan xizmatlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, pishloq va vino festivallari, mahalliy mahsulotlar savdo-ko‘rgazmasi, velopoygalar va Gruziyaning maxsus qo‘riqxonalariga sayohatlar uyushtiriladi.

Gruziya hukumati vakillari Check in Georgia loyihasi mamlakatni dunyo arenasida mashhur qilishiga va uning xalqaro imijini ko‘tarishda yordam beradi, deb umid qilishmoqda. Kelajakda loyiha doimiy va an'anaviy tus olishi rejalashtirilgan.

Check in Georgia loyihasi Gruziya hukumati tashabbusi va Madaniyatni rivojlantirish sarmoya fondi ko‘magida tashkillashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: