Buyuk Britaniyada erkak gorilla hayvonot bog‘i ishchilariga po‘pisa qildi

Jamiyat 19:20 / 08.04.2016 1161

Buyuk Britaniya Peyntonsk hayvonot bog‘idagi erkak gorilla xizmatchilarga bu yerda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, bu vaqtda quruvchilar Endovey laqabli gorilla va uning to‘rt aka-ukasi yashash joyi yonida yangi o‘yin zonasi va kiosk ochishga urinayotgan edi.

176 kg vaznga ega jonzot faollashib qolgan ishchilarni kuzatib turdi va ularga dag‘dag‘a qila boshladi.

Lee & Lee kompaniyasi rahbari Edrian Lining so‘zlariga ko‘ra, uning guruhidagi erkaklar ham ko‘kraklariga urib gorillaga javob qaytarishgan. Lekin ularning harakatlari Endoveynikichalik vajohatli chiqmagan.

Hayvonot bog‘i matbuot kotibi Endovey bu yerda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi, deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: