Abdulaziz Komilov Lavrov bilan uchrashuvda Islom Karimovning Moskvaga tashrifiga tayyorlanish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston 20:43 / 08.04.2016 1869

2016 yilning 8 aprel kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashida qatnashayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, MDH kun tartibi, ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashishdi.

Ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari oliy darajadagi O‘zbekiston-Rossiya uchrashuvlariga tayyorgarlikning borishini ham muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 25 aprel kuni harbiy jo‘natmalar masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga rasmiy tashrif uyushtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: