Milliy matbuot markazida bolalar sportini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
2016 yilda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 251 bolalar sporti inshooti, 18 musiqa va san'at maktabi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 2004-2015 yillarda foydalanishga topshirilgan sport inshootlari va umumta'lim maktablari sport zallarini qayta jihozlash bo‘yicha manzilli dasturga kiritilgan 212 sport inshooti va 6892 umumta'lim maktabining sport zallari 28,3 milliard so‘mlik 93 nomdagi sport anjomlari bilan jihozlanadi.
2016-2020 yillarga mo‘ljallangan dastur asosida viloyat markazlari va Toshkent shahrida 14 yangi ixtisoslashtirilgan oliy mahorat sport maktabi, zamonaviy, zarur uskunalar bilan jihozlangan 225 bolalar-o‘smirlar sport maktabi, viloyat markazlarida sportning 4 yo‘nalishi bo‘yicha 56 ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etish, barcha dahalarda sport zonalarini (ko‘cha trenajyorlari, basketbol xalqasi, futbol uchun mini maydon) o‘z ichiga oluvchi bolalar maydonchalari qurish rejalashtirilgan.
Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.