Yaponiyada yo‘qolib qolgan harbiy samolyot halokatga uchragani ma'lum bo‘ldi

Jahon 10:55 / 07.04.2016 982

Yaponiyada 6 aprel kuni yo‘qolib qolgan samolyot qulab tushgani ma'lum bo‘ldi.

Mamlakat mudofaa kuchlariga tegishli bo‘lgan Hawker Beechcraft U-125 samolyoti Kagosima prefekturasi hududida halokatga uchragan.

Hududda samolyotning bo‘laklari va samolyotda bo‘lgan 6 kishining jasadi qoldiqlari aniqlangan.

Ayni vaqtda samolyotning boshqa qismlarini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: