Yaponiyada tipratikanlari bor kafe ochildi

Jamiyat 17:24 / 07.04.2016 1120

Kunchiqar yurtda xo‘randalarni jalb etish uchun antiqa xizmat taklif etilmoqda. Reuters agentligining xabar qilishicha, u yerda tipratikanlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi oshxona mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Harry kafesi Tokioda joylashgan bo‘lib, unda har xil zot va o‘lchamdagi 30ga yaqin jonivor yashaydi. Taom haqidan tashqari, ish kunlari 9 dollar, bayram kunlarida esa, 12 dollar to‘lash kifoya, tipratikanlar bir soat mijoz ixtiyorida bo‘ladi.

Kafe fevral oyida ish boshlaganiga qaramay, ancha ommalashishga ulgurgan.

Harry kafesi xodimining aytishicha, ba'zan mijozlar uzun navbatga turib qolishadi.

Ta'kidlash lozimki, jonivorlarni ko‘rish imkonini beruvchi bunday kafe birinchi marta paydo bo‘layotgani yo‘q. Bundan avval, AQShda "itlar" kafesi ochilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: