Vetnam parlamenti yangi bosh vazirni tayinladi

Jahon 08:56 / 07.04.2016 1034

Vetnam bosh vaziri o‘rinbosari Nguyen Suan Fuk mamlakat milliy yig‘ilishi qarori bilan 5 yillik muddatga Vetnamning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalgi bosh vazir bu lavozimni 2006 yildan beri egallab kelgan va uni ikki maksimal muddat tugagandan keyin tark etdi.

Avvalroq Vetnam parlamenti yangi prezident etib Chan Day Kuangni tayinlagani ma'lum qilingandi.

Yangi bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi tarkibini 9 aprelda aniqlab olish rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: