Ukraina OAVlari Daun sindromiga ega odamlarning xalqaro ramzini o‘z davlatlari bayrog‘i deb o‘ylashdi. Ular sariq va ko‘k tasmalarni o‘z davlatlaridagi sariq va havorang bilan adashtirib qo‘yishgan. Bunga Daun sindromi ramzi bilan Rim papasi Frantsiskning tushgan surati sabab bo‘lgan.
Papa " Instagram"dagi sahifasida Daun sindromi ramzini ushlab turgan ikki qizchani bag‘riga bosib turgan suratini chop etgan. Qizlardan biri qo‘lida sariq va ko‘k rangli matoni ushlab turgan. Frantsisk ushbu suratga "Mehr: dunyoda deyarli unutilgan, biroq bugun dunyo, biz hammamiz juda muhtojlik sezayotgan so‘z" deb izoh qoldirgan.
Shundan keyin Ukraina matbuotida "Rim papasi Ukraina bayrog‘i bilan suratga tushdi" va "Rim papasi ukrainalik qizlar bilan ta'sirli suratini chop etdi" degan sarlavhalar paydo bo‘lgan. Biroq ba'zi nashrlar keyin yanglishganlarini anglab, "ukraina bayrog‘ini" qo‘shtirnoq ichiga olib qo‘ygan yoki umuman bu mavzudagi materiallarni o‘chirib tashlagan.