Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Yevroittifoq kelishuv bandlariga amal qilmasa, suriyalik qochqinlar mamlakat hududiga kiritilmasligini aytdi.
Kelishuvga ko‘ra, Anqara tomoni Egey dengizi orqali Yevropaga o‘tmoqchi bo‘ladigan qochqinlarni o‘z hududida olib qolishi ko‘zda tutilgan. Buning uchun, Yevroittifoq Turkiyaga qochqinlarning yashash sharoitlarini ta'minlashi uchun kerakli mablag‘larni berishi va viza bo‘yicha cheklovni bekor qilishi talab etiladi. Shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishi borasidagi jarayon tezlashtirilishiga va'da qilingan.
4 aprel kuni Turkiyaga Gretsiyadan qochqinlarning ilk guruhi qaytarilgandi.
Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri YeI bilan qochqinlar masalasidagi kelishuvning amaliyoti haqida so‘zlagandi.