Byut orolidagi Shotlandiyaning o‘rta asrlarga tegishli qasrida Oksford universiteti mutaxassislari ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirning birinchi pesalar to‘plami namunasini topishdi. Bu haqda Herald Scotland nashri xabar qildi.
Shekspirning o‘limidan 7 yil o‘tib (1623 yil) nashr qilingan to‘plamda 36ta pesa bo‘lib, ularning orasida «Makbet», «O‘n ikkinchi kecha», «Yuliy Tsezar», «Bu sizga yoqarmikan» va «Bo‘ron» kabilar bor.
Uch tomli kitobning birinchi sahifasida Martina Drushautuaning Shekspir portreti tasvirlangan.
Hikoyalar to‘plamining nusxasi aprelning oxirida dramaturg o‘limining 400-yilligi sharafiga keng ommaga taqdim etiladi.
Birinchi nashrning adadi 750 nusxadan ortmagan edi. 233ta kitob bugungi kungacha yetib kelgan, ulardan 79tasi Foljyerning Shekspir kutubxonasida saqlanadi.