Shatskix futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiylikka o‘tdi

Sport 18:34 / 07.04.2016 1220

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Maksim Shatskix 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi va murabbiylik ishini boshlaydigan bo‘ldi. U Kiyevning «Dinamo» jamoasining 1999 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilariga murabbiylik qila boshlaydi. U murabbiy Vitaliy Kosovskovga yordamchi bo‘ladi.

«Hozircha hech bir jamoani boshqarmayman, Vitaliy Kosovskiy murabbiylik qilayotgan jamoada yordamchi murabbiylik qilaman. Men bu ishga asta-sekinlik bilan ko‘nika boshlashni va tajriba to‘plashni maqsad qilganman.

Murabbiylik ishi haqida anchadan beri o‘ylayotgandim. Ammo hozir kichik jarohat olganim bois, futbolchilikdan murabbiylikka o‘tish borasida yakuniy qarorga keldim. Hozircha, faqat o‘rganaman va tajriba to‘playman.

Mendagi jarohat shundayki, uni operatsiya qilish kerak. Butun faoliyatim davomida bunday jarohatga duch kelmagandim, kichik jarohatlarga yo‘liqqandim, ularni operatsiya qilishga hojat qolmagandi. Hozir operatsiya qilishdan qanday ma'no bor? Baribir futbol o‘ynash uchun aniq variantlar yo‘q. Yozda Osiyodan tushadigan takliflarni kutay desam, u yerdan ham aniq variant yo‘q. Agar taklif bo‘lganida operatsiya qildirishim mumkin edi.

Yashash uchun, harakatlanish uchun bu jarohat menga xalal bermaydi. Shu bois, qaror qabul qilib bo‘lmadim. 

Shatskix 6 marta Ukraina chempioni bo‘lgan, 2 marta Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purari sovrini bilan taqdirlangan va O‘zbekistonda bir necha marta yilning eng kuchli futbolchisi sifatida e'tirof etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: