Samsung’ning daromadi 10,4 foizga oshdi

Iqtisodiyot 09:40 / 07.04.2016 1209

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasining joriy yilning 1-choragidagi daromadi o‘tgan yildagi shu davrdagi daromadga nisbatan 10,4 foizga oshdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Yanvardan martgacha kompaniya 5,7 mlrd dollar miqdoridagi operatsion daromadni qayd qildi, bu esa tahlilchilar kutganidan ko‘proqni tashkil qildi.

Samsung, shuningdek, chorak bo‘yicha daromadlarning 4 foizga o‘sishini kutmoqda. Kompaniyaning batafsil hisoboti aprel oxirida chop etiladi.

Ta'kidlanishicha, daromadning kutilgandan ko‘proqni tashkil qilishi flagman smartfonlarining yaxshi savdosi natijasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: