Raneriga mavsumning eng yaxshi italiyalik murabbiyi uchun sovrini berildi

Sport 17:47 / 07.04.2016 1716

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri matbuot talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi italiyalik murabbiyi uchun ta'sis etilgan Entso Bearzot nomidagi mukofotga munosib ko‘rildi.

Vinchentso Bearzot Italiya terma jamoasini 1982 yilgi jahon chempionligiga boshlab borgan taniqli murabbiy bo‘lgan. U 2010 yilning dekabrida vafot etgach, uning nomi bilan murabbiylar uchun mukofot ta'sis etilgandi.

Bearzot mukofoti o‘tgan yillarda quyidagi murabbiylarga berilgandi: Chezare Prandelli (2011), Valter Madzarri (2012), Vinchentso Montella (2013), Karlo Anchelotti (2014) va Massimiliano Allegri (2015).

Raneri boshqaruvidagi «Lester» jamoasi mavsum yakuniga 6 tur qolgan vaqtda eng yaqin ta'qibchisini 7 ochkoga ortda qoldirgan holda APL turnir jadvalidagi birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: