«PSJ» bosh murabbiyi Loran Blan YeChLning chorak finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan bahsdan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu biz uchun juda ham yaxshi natija emas. Bilmayman, bu asabiylik tufaylimi, biz ko‘plab texnik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ayniqsa, «Manchester Siti»ning ikkinchi goli qo‘pol xatodan keyin urildi.
Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, biz o‘zimiz istagan o‘yinni ko‘rsatganimiz ko‘rinadi. Lekin «Manchester Siti» futbolchilari bizni xatolar qilishga majbur etdi.
Ibrahimovich bugun o‘ziga o‘xshamadi: penaltini urolmadi, yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Bu Zlatan uchun yomon oqshom edi, u gol urmagan har oqshom uning uchun yomon.
Biz faqat o‘z uyimizda emas, safarda ham gol ura olishimizni isbotlab bo‘lganmiz. Agar javob o‘yinida ham bugungi o‘yinimizni namoyish eta olsak va xatolarga yo‘l qo‘ymasak, keyingi bosqichga chiqamiz.
Keyingi o‘yinda ikki futbolchimiz (David Luiz va Blez Matyuidi) diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olmaydi. Lekin o‘ylaymanki, keyingi bosqichda biz o‘ynaymiz. Bu qiyin, lekin ilojsiz ish emas», – deydi Blan.