JPMorgan rahbari Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi xatarlaridan ogohlantirdi

Jahon 10:14 / 07.04.2016 1615

Dunyoning eng yirik moliyaviy kompaniyalaridan biri JPMorgan Chase & Co rahbari Jyeyms Daymon Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi xatarlaridan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Daymon aksiyadorlarga har yilgi maktubida Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlari iqtisodiyoti agar Britaniya yuzlab savdo va boshqa kelishuvlarni boshqatdan tezkorlik bilan tuza olsa ham zarar ko‘rishini ma'lum qildi.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlari Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishiga javoban iqtisodiy choralar ko‘rishi mumkin bo‘lgan "yomon ssenariy" borligini ham qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Yevropaning Airbus konserni britaniyalik xodimlarini Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi xatarlaridan ogohlantirgandi.

Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini 38 foiz britaniyalik qo‘llab-quvvatlamoqda, 39 foizi esa qarshi chiqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: