Islandiyada "ofshor mojarosi" sababli mamlakat bosh vaziri Sigmyundyur Gyunnleygssonning iste'foga ketishidan keyin kuzda muddatdan avvalgi saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mamlakatning Piratlar partiyasi yetakchisi Birgitta Yonsdottirning aytishicha, muxolif partiyalar hukmron partiya bilan saylovlarning kuzda o‘tkazilishiga kelishib oldilar.
Bosh vazir lavozimini vaqtinchalik mamlakatning baliqchilik va qishloq xo‘jaligi vaziri Sigurdur Ingi egalladi.
"Panama hujjatlari" bilan bog‘liq mojaro Islandiya bosh vazirining iste'foga ketishidan tashqari, boshqa davlatlar: Buyuk Britaniya, Niderlandiya, AQSh, Avstriya, Germaniya, Hindiston va Ukrainada ham turli oqibatlarga olib keldi. Bu davlatlarda chop etilgan ma'lumotlarga asosida tekshiruvlar olib borilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya amaldor shaxslari va deputatlarining ofshor kompaniyalarga aloqalari borligini rad etmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ofshor haqidagi ma'lumotlarni uydirma deb atadi va Kremlda bunday uydirma maqolalarga munosabat bildirishga hojat yo‘qligini ta'kidlab o‘tdi.