Floridada 148 yillik qonun bekor qilindi

Jamiyat 17:43 / 07.04.2016 1124

Florida gubernatori Rik Skott qonuniy nikohda bo‘lmagan juftliklarning birga yashashini taqiqlovchi qonunni bekor qildi.

Qonun aslida juda kam qo‘llanardi. Unga rioya etmaganlarga 60 kun qamoq jazosi yoki 500 dollar jarima jazosi tayinlangan.

Qonunni bekor qilish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan respublikachilar partiyasi vakili Richard Starkning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik yoshi katta juftliklar nikohsiz birga yashashadi, buning uchun ularni qonunbuzarlarga chiqarish yaramaydi.

Qonun 148 yil avval qabul qilingandi.

Endi Amerikada qonuniy nikohsiz yashash mumkin bo‘lmagan Michigan va Mississipi shtatlari qoldi.

Ko‘proq yangiliklar: