Bloomberg: AQSh kimdir Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmaganini tekshirish maqsadida "Panama hujjatlari"ni o‘rganmoqchi

Jahon 11:27 / 07.04.2016 956

Vashington qaysidir shaxs yoki kompaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmaganini aniqlash maqsadida ofshor mojarosiga sabab bo‘lgan "Panama hujjatlari"ni o‘rganmoqchi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, agar bunday jismoniy yoki yuridik shaxslar aniqlansa, AQSh moliya vazirligi ularga qarshi jazolash choralarini qabul qilishi mumkin. Agentlikning ta'kidlashicha, AQSh moliya vazirligi joriy yilning iyunida AQSh sanksiyalariga tushgan odamlar va tuzilmalarning yangi ro‘yxatini taqdim qilmoqchi.

Avvalgi yilda AQSh moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarga zid ravishda ishlaganlarga nisbatan jazolash choralarini kiritgandi. AQSh moliya vazirligi ushbu holat bo‘yicha rasmiy izohlar keltirmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: