Aktyor Baxtiyor Qosimov vafot etdi

Jamiyat 09:56 / 07.04.2016 11702

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Qosimov 63 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda aktyorning yaqinlariga asoslanib, qalampir.uz xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, aktyor saraton xastaligi bilan kurashib kelgandi.

Marhumning janozasi bugun, peshin namozidan keyin Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome' masjidida o‘qiladi.

Baxtiyor Qosimov "Olovli yo‘llar", "Tahdid", "Zarb", "Gumrohlar", "Sardor 3", "Parizod", "Uchar otlar", "Yodgor" kabi jami 37ta filmdagi rollari orqali o‘zbek kinotomoshabinining mehrini qozongandi.

U 2013 yilda "Bog‘" filmidagi ijrosi uchun "Oltin Gepard" mukofotini olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: