6 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiya Tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Miki Yamadani qabul qildi.
"Miki Yamada mamlakatimizga Hukumatda, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurdi", deb ma'lum qiladi vazirlik axborot xizmati.
TIVdagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti doirasida o‘zaro aloqalarni qamrab olgan keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda Yaponiya elchisi Fumihiko Kato ishtirok etdi.